Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali qoshida axborot-resurs markazi ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu marosimda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Sh.Baxriyevna ishtirok etib axborot-resurs markazi faoliyatini yuritishda o’z maslahatlarini berdilar. Ochilish marosimidan so’ng Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga ba’g’ishlab she’rxonlik kechasi bo’lib o’tdi.