Bugun “Kitobxonlik haftaligi” dasturidan o’rin olgan «Mehr kutubxonasi» loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida 59 – son ko’zi ojiz bolalar ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchisi, Zulfiya mukofoti sovrindori Xalilova Mahbuba Asqarali qizi bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.59- son mutaxassislari Z.Mahammadov, A.Mahammadiyeva sovrindor haqida juda iliq fikrlar bildirishdi. M. Xalilovaning o’zi ham so’zga chiqib ishtirokchilar savollariga javob berdi. Tadbirda AKM mutaxassislari, kitobxonlar juda faol qatnashishdi.