A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 13 – fervral kuni Nigina Muradova Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi bo’lim boshlig’i hamda Djamxurova Shaxrizoda Samarqand viloyat Sardorlar Kengashining “Imkon” yo’nalishi sardori tomonidan chop etilgan “Imkoniyati cheklangan” metodik qo’llanma taqdimoti bo’lib o’tdi.

Bu qo’llanma “Inson kapitalini rivojlantirish, sifatli ta’limni ta’minlash samarali jamoatchilik nazorini amalga oshirish orqali ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish” yo’nalishida Xalq deputatlari Samarqanda viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash Jamoat fondining granti doirasida chiqarildi. Ushbu o’quv-metodik qo’llanmada mualliflar bolalarda volontyorlik ko’nikmalarini shakllantirish, nuqsonli bolalar bilan ishlash texnikasi, ular bilan bog’liq ta’lim-tarbiya hamda dars jarayonlaridagi e’tiborli jihatlarni o’rganish. Shu bilan birga bolalarda uchraydigan turli nuqson va ehtiyojidan kelib chiqib, turli rivojlantiruvchi o’yin va mashqlar o’tkazish tartibi haqida yoritib, amaliy jihatdan bolalar psixologiyasini o’qitish metodikasining muhim jabhalarini ochib berilgan.