A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 1- aprel Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan qushlarni asrash hamda ko‘paytirishga qaratilgan  Samarqand Ekologiya boshqarmasi Samarqand davlat universiteti talabalari hamda Samarqand shahar 9-umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” deb nomlangan ekskursiya tashkil qilindi.  
Ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan qushlarga oid asarlar haqida ma‘lumotlar berilib, kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil aytib o’tildi.