A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlar o‘rtasida kutubxonaning ijtimoiy tarmoqlarda qanday ma’lumotlarni ko‘proq o‘qishni xohlashlarini bilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.
Natijalarga ko‘ra;

  1. Buktreyler va buktuberlar – 21% Kitobxonlar kitoblar haqida qisqacha ma’lumotga ega bo‘lishlari uchun multimediya, videorolik, buktreyler va qisqa metrajli filmlarni ko‘rishadi. Buktreyler, bu – kitob haqida videorolik orqali qisqacha ma’lumot berish. Misol uchun, Gʻofur Gʻulomning “Shum bola” asarini kitobxon mutolaa qilmoqchi, ammo, kitob nima haqida ekanligini bilmaydi. Shunda buktreyler yordamga keladi. Buktreylerni xalq tilida aytganda, kitob reklamasi desak ham bo‘ladi. Booktuber yangi shakldagi kitob eksperti. Kitoblardan birini tanlab, o‘zining blogerlik qobiliyatiga tayanib kitoblarini targ‘ib va tavsiya qiluvchi video yaratadi. (5 daqiqa), kitob haqidagi ma’lumotni tushunarli va to‘liq ochib berganligi, kitobning kulminatsion nuqtasi yaqqol ko‘rsatib berilganligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Buktreyler va buktuberlar orqali kitobxonlarga zamonaviy usulda xizmat ko‘rsatish va kitob targ‘ibotidir.
  2. Kutubxona va kitoblar haqida ma’lumotlar – 45 %
    Kitobxonlar kutubxonada mavjud kitoblar haqida va kutubxonalar tarixini bilishni xohlovchi kitobxonlar ko‘pchilikni tashkil qildi. Bestseller kitoblar haqida ma’lumotlar olishga – 22 % kitobxonlar eng ko‘p sotilgan kitoblar haqida ma’lumot olishini taklif qilishgan. Masalan Jeyms Klir: Atom odatlar, Jorj Oruell “Molxona”, Rey Bredberi “Farengeyt bo‘yicha 451º”, Stiven R. Kovi “Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi”, Mark Menson ” Beparvolikning nozik san’ati”, Javlon Jovliyev “Qo‘rqma” , Teodor Drayzer “Sarmoyador” va xakazo adabiyotlar xakida ma’lumotlar berishini xohlashgan.
  3. Jonli efirlar- 28 %

Kutubxona faoliyati va kitoblar haqida va mutaxassislarning yutuqlari haqidagi ma’lumotlar berib borilishini so‘rashgan.

  1. Kun tarixi – 19 %
    Qiziqarli faktlarga boy ma’lumotlar haqida gapirib o‘tishgan.
  2. Tanlov va tadbirlar haqida e’lonlar-21 %
    Kutubxonada o‘tkaziladigan barcha tanlovlar , tadbirlar haqida e’lonlar orqali ma’lumot olib turishlarini va tadbir va tanlovlarda qatnashilarini ta‘kidlab o‘tishgan.
  3. Dunyo kutubxonalari haqida ma’lumotlar – 35 %.
    Bundan ko‘rinib turibdiki dunyo kutubxonalari haqidagi ma’lumotlar ham kitobxonlar uchun qiziq. A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona ijtimoiy tarmoqlarida kitobxonlar talablariga binoan dunyo kutubxonalari haqida ma’lumotlar qo‘yilib borilmoqda.
    So‘rovnoma tahlillari natijasiga ko‘ra kutubxona va kitoblar haqida ko‘proq ma’lumotlar berishimizni xohlashadi. Kitobxonlarni bu talablari qondirilgan holda ma’lumotlar berib borilayapti.