“Mening Samarqandim”

  18 – oktabr Samarqand shahari kuni munosabati bilan   A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida  Samarqand kuniga bag’ishlab “Mening Samarqandim” deb nomlangan rasimli ko’rgazma uch tilda tashkil etildi.
         Ko’rgazmada o’zbek, rus, ingliz tillarida chop etilgan  kitoblar va jurnalardan foydalanildi.
Malumot o‘rnida: Samarqand sayyoramizdagi eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, Rim va Afina bilan tengdoshdir. U 2750 yoshdan oshgan. Shahar har doim haqiqiy sharqona mehmondo‘stlikning chinakam namunasi bo‘lgani bilan ajralib turgan. Bu yerda bir necha millat vakillari doimo muammosiz yashab kelgan. Samarqandni odatda “Sharqiy Bobil” deb atashadi.