Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 18-oktabr – Samarqand shahri kuni munosabati bilan “Samarqand sayqali ro’yi zamin ast, Jamolingni ko’rib kim bo’lmagan mast?!” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda talaba yoshlar o’zlarining Samarqand tarixi, me’moriy obidalari haqidagi ingliz hamda o’zbek tillarida bergan qiziqarli ma’lumotlari bilan yig’ilgan kitobxonlarda katta qiziqish uyg’otdi. Tadbir davomida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan videorolik namoyish etildi.

Samarqand kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir so’ngida qiziqarli viktorina savollari bo’lib o’tdi va faol kitobxonlar kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.