Kitob-bizning do’stimiz va boyligimiz

O’quvchilarining kitobga bo’lgan mehrini oshirish maqsadida Samarqand shahar 51-maktabning o’qituvchisi o’quvchilari bilan birgalikda A.S. Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami bilan tanishtirdi. Shuningdek, ta’til davomida kutubxonaga kelib, badiiy kitoblar o’qib, ma’naviy boyliklarini oshirishlari mumkinligini ta’kidlab o’tdilar.

Yo’l-yo’lakay o’qiymiz

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining Axborot va kutubxona hujjatlarini butlash bo’lim xodimlari “Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” loyihasi doirasida O‘zbek tilini yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladigan kitoblar targ‘iboti tashkil qilishdi. Kitob targ’ibotida Alisher Navoiy bobomizning “Hayrat-ul abror” hamda “Jadidlar” to’plami haqida yo’lovchilarga ma’lumotlar berib o’tildi. Bundan tashqari, kitobga qiziqqan yoshlarga kutubxonaga kelib, o’qish uchun sharoitlar borligi aytib…

Ko’chma kutubxona

Samarqand viloyati Urgut tumani “Omonqo’ton” MFY raisi A.Ochilov va A.S. Pushkin nomidagi AKM xodimlari tomonidan ommani ayniqsa,yoshlar ong-u tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida ko’chma kutubxona tashkil qilindi. Ko’chma kutubxonaga AKM fondidan badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

Hafta davomida yurtimizda sodir bo’lgan voqea- hodisalar

Bugun o’tkazilgan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilayotgan siyosiy-ma’rifat soatida kutubxona xodimlari ham onlayn tarzda ishtirok etdilar. Tashkil etilgan siyosiy- maifiy soatda haftaning muhim siyosiy voqea-hodisalari, hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatlari, eng so‘nggi yangiliklar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yig‘ilishi, Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan Butun…

“Samarqand va samarqandliklar”

Joriy yilning 11-avgust kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat-axborot kutubxona markazida “Turon nashr” nashriyoti tomonidan nashrga tayyorlangan “Samarqand va samarqandliklar” ensiklopediyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda Xalqaro adabiyot fondi prezidenti S.Ayniy – Iraj Ayniy,Davlat simfonik orkestri direktori, Tojikiston Respublikasi ijroiya direksiyasi – Olimjon Salimzoda, Tojikiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist – Xasan Haydar, Tojikiston Respublikasi davlat Gastroenterologiya Instituti direktori,…

Bibliografik sharh

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi xodimlari kitobxonlar ishtirokida kutubxonaga kelib tushgan davriy nashlar va adabiyotlarga bibliografik sharh berishdi. Sharh davomida eng so’nggi yangiliklar, e’lon qilingan maqolalar, ularning qanchalar muhim ekanligini kitobxonlar bilan o’rtoqlashishdi.