Memorandum

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot – kutubxona markazi hamda Samarqand viloyati o’qituvchilar uyushmasi filiali o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumning asosiy vazifasi o’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash bo’lib, tomonlar kelajakdagi vazifalarini kelishib oldilar.

Tanlov g’oliblari taqdirlandi

Kitob – beminnat ustoz, darhaqiqat, kitobga do’st bo’lgan inson yuksalaveradi. Prezidentimizning4-tashabbus: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish doirasida A.S.Pushkin axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil qilgan onlayn kitobxonlik tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tanlovda faol qatnashib, 1-o’rinni olgan Javlonbek Miyassarov, 2-o’rin sohibi Nodir Saliyevlar kutubxonaning faxriy yorlig’i hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Ma’naviy-marifiy yodgorliklarimizni asrash va qadrlash hammamizning burchimiz

A.S.Pushkin nomidagi axborot- kutubxona markazi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi hamkorligida Tasavvuf ilmining yirik namoyondasi Sulaymon Boqirg‘oniyning 900 yilligi va Mir Arab madrasasi me’moriy yodgorligining 500 yilligi munosabati bilan Samarqand shahar 8-sonli IDUMIda anjuman tashkil etildi. Tadbirni tashkil qilishdan maqsad, Sulaymon Boqirg‘oniy haqida yosh avlodga ma’lumot berish, boy tariximizni targ‘ib qilish,…

Vatan, fidoiy farzandlarini unutmaydi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi xodimlari Samarqand harbiy gospitali bilan hamkorlikda buyuk davlat va siyosat arbobi, Mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi birinchi prezidentimiz I.A.Karimov xotirasiga bag’ishlab xotira darsi hamda 31-avgust —Qatag’on qurbonlarining yod etish kuniga bag’ishlab- “Vatan, fidoiy farzandlarini unutmaydi” mavzusida kursantlar bilan davra suhbati tashkil qilishdi.

Kitob bor joyda zulmat chekinadi

Bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida joriy yilning 13- avgust kuni Markaziy harbiy okrug 37239 harbiy qism harbiy xizmatchilari A.S. Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami bilan tanishtirishdi. Kitoblar inson hayotida qanchalik muhim o’rin tutayotganligi mutaxassislarimiz tomonidan ta’kidlab o’tildi.

Kutubxonaning ilmiy adabiyotlar bo’limi risola bilan boyidi

Tug’ba Yilmaz va Emrah Yilmaz o’zlarining risolalarini A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga sovg’a qilishdi. Malumot o’rnida, Tug’ba Yilmaz Germaniyaning Aachen shahrida tug’ilgan. Ilmiy faoliyatini Afyon Kojatepe universitetida boshlab, Istanbul universitetining magistraturasini tamomlagan. Hozirda Anqara Hoji bayram Valiy Universitetida doktoranturani davom ettirmoqda. Shu bilan birgalikda, 2021-yildaTUBITAK granti va Samarqand davlat universiteti taklifi bilan mustaqil izlanuvchi sifatida…