Kutubxona eshiklari doimo ochiq

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markaziga Samarqand shahar 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilari o‘qituvchisi hamrohligida kelishdi. Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdilar.

Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir

Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh ko‘kda falakning bayrog‘i bo‘lib porlab turibdi, ko‘ngilda muhabbat bayrog‘i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog‘i nurlantiradi. Bugun A.S.Pushkin viloyat axborot-kutubxona markazida 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talabalari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbati…

Bibliografik sharh

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitoblar hamda hafta davomida axborot-kutubxona markaziga kelib tushgan matbuot nashrlarining bibliografik sharhi bo’lib o’tdi. Bibliografik sharhda kutubxona mutaxassislari kitoblar va hafta davomida kutubxona fondiga kelib tushgan gazeta va jurnallarda chop etilgan yangiliklar haqida aytib o’tishdi.

Bayrog’imiz haqida

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrogʻi va uning ramzi bugungi Oʻzbekiston sarhadida qadimda mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtiradi.

Davlat bayrog‘i – Vatan timsoli

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Markaziy harbiy okrug 13060 harbiy qism hizmatchilari bilan ” Davlat bayrog‘i- Vatan timsoli” mavzusida ma‘naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bayrog‘imizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir so‘ngida qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.

Kitoblar olamiga sayohat

Joriy yilning 15-noyabr kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand davlat chet tillari instituti talabalari orasida Prezident asarlarining targ’iboti o’tkazildi. Targ’ibot davomida kutubxonada mavjud bo’lgan Prezident asarlari haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Shuningdek, talablar bilan kutubxona bo’ylab sayohat ham tashkil qilinib, AKM mutaxassislari tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar va kitoblar haqida ma’lumotlar berildi.