Kutubxonachilarimiz tomonidan navatdagi bibliografik sharh o’tkazildi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitoblar hamda hafta davomida axborot-kutubxona markaziga kelib tushgan matbuot nashrlarining bibliografik sharhi bo’lib o’tdi. Bibliografik sharhda kutubxona mutaxassislari kitoblar va hafta davomida kutubxona fondiga kelib tushgan gazeta va jurnallarda chop etilgan yangiliklar haqida aytib o’tishdi.

“Zakovat” intellektual o’yini kitobxonlar jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitobxonlar o’rtasida: Nima? Qayerda? Qachon? nomli “Zakovat” intellektual o’yini boʻlib oʻtdi. “Zakovat” intellektual o’yinida kitobxonlardan tashkil topgan “Kreativ” va “Taraqqiyot”  jamoalari o’zaro bellashishdi. Eng ko’p savollarga to’g’ri javob topgan “Kreativ” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi hamda kutubxonaning esdakil sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” yana siz bilan

“Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” loyihasi  asosida Samarqand shahridagi 46- umumta’lim maktabda  A.S.Pushkin nomidagi AKM xodimlari tomonidan ommani dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasida bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida  kitob targ‘ibotini tashkil qilishdi.    Shuningdek, elektron kutubxona,  m.libsamarkand.uz   QR- kodli elektron kitoblar haqida ma’lumotlar berishdi.

Ekskursiya davra suhbati bilan davom etdi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand axborot- kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi bilan birgalikda “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi. Shuningdek, Alisher Navoi tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin MuhammadBobur…

“Biz Boburning avlodlarimiz”

Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunga bag’ishlab A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahridagi 9-umumta’lim maktab o‘quvchilari bilan hamkorligida “Biz Boburning avlodlarimiz” deb nomlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. IJodiy kecha davomida o’quvchilar tomonidan tayyorlangan turli xil ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir davomida, “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilinib, mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan…

“Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak”

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalluniding 540 yilligi munosabati bilan “Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak” mavzusida ilmiy-adabiy anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi rahbari T.Tugalov, Samarqand davlat universiteti Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsent I.Sulaymonov, Istiqlol davri adabiyoti va adabiyotshunoslik nazariyasi kafedrasi…