Ekskursiyalar davom etmoqda

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot- kutubxona markazida Samarqand shahar IIV Akademik litseyi o‘quvchilar bilan birgalikda “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kutubxona fondidagi xorijiy adabiyotlardan xabardor qilish maqsadida kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar kutubxonaning xorijiy zalidagi kitoblarga oid maʼlumotlar bilan tanishishlari mumkin.

Sevimli kutubxonamga kitob sovg‘a qilaman

🧾Avval xabar berganimizdek, “Xalqaro kitob sovg’a qilish kuni” munosabati bilan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Sevimli kutubxonamga kitob sovg’a qilaman” kitob aksiyasi tashkil etilgan edi. Shu aksiya munosabati bilan Samarqand davlat universiteti ingliz tili filologiyasi 4-bosqich talabasi Dolliyeva Dilnoza o‘zi o‘qigan va tengdoshlariga tavsiya qilmoqchi bo‘lgan kitobini kutubxona fondiga sovg‘a qildi.

Inson huquq va manfaatlari eng oliy qadriyat

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kutubxona fondining huquqiy kitoblaridan tashkil topgan“Inson huquq va manfaatlari eng oliy qadriyat” deb nomlangan yangi adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazma orqali kutubxonaning yangi huquqqa doir kitoblari bilan tanishishingiz mumkin!

ProQuest Dissertations & Theses Global” kompaniyasi bilan onlayn-trening tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar axborot-kutubxona markazlari A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida viloyatdagi OTM ning ARMlari bilan birgalikda dunyodagi eng yirik “ProQuest Dissertations & Theses Global” to’liq matnli dissertatsiyalar onlayn ma’lumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyati yuzasidan ProQuest kompaniyasi vakillari tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn-trening tashkil etildi.

Hududiy AKM, TAKM xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 16- fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy O‘zbekiston kutubxonasi tomonidan Qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati rahbari A.Qilichboyev “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish bo‘yicha nizomlar tavsifi”, Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati rahbari G.Ahmedova “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va jamlanma hisob kitobiga qayd etish”…