Kitobxonlikni targ’ib qilish yo’lida

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari bilan “Qiziqarli kutubxonada” deb nomlangan ekskursiya tashkil qilindi.Ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan kutubxona faoliyatiga oid videorolik namoyish etilib, kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Talabalar bilan ekskursiya tashkil etildi

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabalari bilan “Qiziqarli kutubxonada” deb nomlangan ekskursiya tashkil qilindi.Ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan kutubxona faoliyatiga oid videorolik namoyish etilib, kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Kitob mening do’stimsan.

Kitob har bir kishi, ayniqsa, yoshlar ongining shakllanishida, ularning nutq madaniyati va lug‘at boyligini o‘stirishda, hayotda o‘z o‘rnini topa olishida, kasblarni to‘g‘ri tanlashida, dunyoqarashining kengayishida va takomillashuvida yaqindan yordam beradi. Shu munosabat bilan A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markaziga Samarqand shahar 59 -son “Nurli maskan” Ko‘zi ojiz bolalar uchun maxsus maktab internat o‘qituvchi va o‘quvchilari tashrif buyurdilar.…

Kutubxonada kitobxon onalar kuni tadbirlari davom etmoqda

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi boshchiligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyat va tuman AKMlarida ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan “Kitobxon onalar kuni” bo‘lib o’tdi.

Kitobxonlik haftaligi

Kitobsevar_millat_III_Respublika_haftaligi Kitobxonlik haftaligi doirasida viloyat axborot-kutubxona markazida yana bir kitob taqdimoti va ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi Bugun viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universtetiFilologiya fakulteti ishtirokida taniqli yozuvchi va munaqqid, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ilhom Hasanovning “Tun tongga tutash” nomli kitobi taqdimoti hamda iqtidorli yozuvchi Bahodir…

“Kitobxonlik haftaligi”

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand shahridagi “Mahorat” nashriyot matbaa ijodiy uyi tashrif buyurib, matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqgan 23 nomdagi kitoblar jamlanmasini kutubxona fondiga sovg’a qilishdi.Shu munosabat bilan axborot- kutubxona markazi ma’muriyati “Mahorat” nashriyot matbaa ijodiy uyi jamoasiga o’z minnatdorchiligini bildiradi