Ko’chma kutubxona

Samarqand shahar markaziy harbiyokrug 13060 harbiy qismda A.S. Pushkin nomidagi AKM xodimlari tomonidan ommani ayniqsa,yoshlar ong-u tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida ko’chma kutubxona tashkil qilindi. Ko’chma kutubxonaga AKM fondidan badiiy adabiyotlar taqdim etildi. Ko’chma kutubxona davomida davra suhbati ham tashkil etilib, kitoblar bo’yicha ma’luotlar berildi.

Kitobxon ona-kitobxon bola

Oilalarni kitobxonlikka jalb qilish va ular orasida mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda “Devori ko`ndalang”MFY bilan hamkorlikda «Kitobxon ona-kitobxon bola” tadbiri tashkil etildi.

Amaliy yordam

Joriy yilning 31-iyul kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan viloyatdagi barcha shahar va tuman axborot-kutubxona markazlariga amaliy yordam ko’rsatish davom etmoqda.Rejaga asosan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Urgut tuman TAKMning ish faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida axborot-kutubxona markazlarining mavjud me’yoriy hujjatlari, metodik faoliyati, kadrlar salohiyati, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish darajasi o‘rganib chiqildi va kutubxona…

“Sabolardan so’radim seni”

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand axborot- kutubxona markazida Samarqandlik shoira Narzitosh Yusupovaning “Sabolardan so’radim seni” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Kitob taqdimotida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zolari hamda havaskor ijodkorlar  qatnashib, shoiraning ijodi haqida iliq fikrlarni aytib o’tishdi.