Samarqand shahridagi yana bir mahallada ko’chma kutubxona tashkil etildi

Kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida A.S. Pushkin nomidagi AKM xodimlari tomonidan ommani ayniqsa, yoshlar ong-u tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Samarqand shahridagi “Tadbirkorlar” MFYda ko’chma kutubxona tashkil etilib, unda aholi uchun o’zbek adabiyoti durdonalaridan joy olgan o’ndan ortiq badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

Oybekning «Qutlug‘ qon» romani turk tilida

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti bilan hamkorlikda filologiya fanlari doktori Zamira Hamidova O‘zturk tomonidan turk tiliga tarjima qilinib Turkiyaning «Bengü (https://benguyayinlari.com/home-one/)» nashriyotida chop etilgan Oybekning «Qutlug‘ qon» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitob taqdimotida, O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti ustoz, talabari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi a‘zolari, hamda faol kitobxonlar ishtirok etishdi. Tadbir…

Ko’chma kutubxona

Kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida A.S. Pushkin nomidagi AKM xodimlari tomonidan ommani ayniqsa, yoshlar ong-u tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Samarqand tumani, “Ko’lba” MFYda joylashgan 33-Ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o’rta ta’lim maktabida ko’chma kutubxona tashkil qilindi.Ko’chma kutubxonaga AKM fondidagi badiiy hamda elektron adabiyotlar taqdim etildi.

“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun”

Oʻzbekistonimiz Mustaqillikka erishgan kunning 32 yilligini nishonlash arafasidamiz. Yurtimizda bayram shukuhi, shu munosabat bilan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun” shoiri ostida “Yangi O’zbekiston- yangi kelajak” nomli ko’rgazma tashkil qilindi.

“Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun”

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Samarqand shahar “Timur fayz” nodavlat ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlab “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida musiqali, ma’daniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.Tadbir davomida bolalar tomonidan tayyorlangan ashula va raqslar namoyish etildi.

“Zakovat” intellektual o’yini qizg’in bahs-munozaralarga boy bo’ldi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Milliy gvardiya Samarqand viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi.“Zakovat” intellektual o’yinida Milliy gvardiya Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan “Zukkolar” va ” Bilimdonlar” jamoasi o’zaro bellashishdi. Tanlov natijasiga ko’ra “Zukkolar” jamoasi g’olib deb topildi va kutubxonaning esdalik sovg’asi hamda tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.