E’lon

✅2023-yil 31-avgust A.S.Pushkin nomidagi axborot – kutubxona markazida «Tozalik kuni» bo’lganligi sababli ushbu kuni foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.Shuningdek, Mustaqillik bayramida quyidagi 3 kun dam olish kuni bo’ladi: ✅ 1-sentyabr, juma – bayram (ishlanmaydigan) kuni; ✅ 2-sentyabr, shanba: a) 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga (https://lex.uz/uz/docs/6324664) muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni;b) 5 kunlik ish haftasida…

Qiziqarli kutubxonada ekskursiyasi davom etmoqda

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Samarqand shahar SOS bolalar mahallasi bilan birgalikda “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun”

🌅Mustaqillik –bu xalqimizning tanlagan yoʻli, mashaqqat ila erishgan tinch-osoyishta hayoti. 🌅Mustaqillik –bu shunchaki bayram emas, milliy ozodlik kurashi yoʻlida jon berganlarning yodini chuqur anglash. Uni yurakdan his qilish va bugungi kunga shukrona bildirish kuni. 🌅Mustaqillik buyuk neʼmat va erkinlikdir 🌅Mustaqillik bu boshqalarning aralashuvisiz yoki homiyisiz harakat qilish, qilish va tanlash qobiliyatidir. 🌅Mustaqillik huquq demakdir 🌅Mustaqillik-…

Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!

O’zbekiston Mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlab “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi Samarqand shahar “Barkamol avlod bolalar maktabi” bilan hamkorlikda “Yangi O`zbekiston – Yoshlarga yangi imkoniyatlar” nomli rasmlar tanlovi o’tkazishdi. Tadbirda o’quvchilar Vatanni madh etuvchi rasmlari bilan qatnashib, faol ishtirokchilar kutubxonaning esdalik so’vg’alari hamda tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Yo’l-yo’lakay

Yurtimizda yoshlarning kitobga, mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Samarqand shaharidagi Universitet xiyobonida yo’l-yo’lakay…