Hayot so’qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan, ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklab, eng ezgu tilaklarimni izhor etamiz.

Darhaqiqat, minglab murg’ak qalblarga oqu-qorani tanitadigan, ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, kelajakka tiyrak nigox tashlashga o’rgatadigan, yoshlar qalbida ertangi kunga qat’iy ishonch uyg’otadigan, shogirdlari uchun hayotning achchiq-chuchuk sinovlarida doimo yordamga shay turadigan, qoqilsa – suyab, yiqilsa – turg’izadigan, yutuqlaridan boladek quvonadigan o’qituvchi va murabbiylar mehnatining o’lchovi, qiyosi yo’q.

Dillarimizdagi eng yaxshi tilaklarimiz sizga bo’lsin.

Hurmat bilan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat-axborot-kutubxona markazi jamoasi!