“Bookcrossing” loyihasida faol bo’ling. Qadrli kitobsevar do’stlarimiz endi siz bepul kitob o’qish imkoniyatiga egasiz. Kutubxonaning “Bookcrossing” burchagida o’zingizga yoqqan badiiy kitobni olib o’qishingiz mumkin. Shuningdek, endi siz ha aynan siz yurtdoshlaringizning bilim boyliklari kengayishiga hissa qo’shishingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi? Bookcrossing burchagini shaxsiy adabiyotingiz bilan boyitsangiz kifoya. Zero, siz o’qib qoldirgan kitob, yana kimningdur bilimi oshishida ulkan hissa qo’shishi mumkin!