“Yo’l- yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi

Yurtimizda yoshlarning kitobga, mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” loyihasi asosida Samarqand shahar “Navbahor” MFY da kitoblar targ’iboti tashkil…

Qiziqarli kutubxonada

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Milliy gvardiya Samarqand viloyat qo’riqlash boshqarmasi bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas

A.S. Pushkin nomidagi viloyati axborot-kutubxona markazi xodimlari Moviy jamadon asosida “Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas” mavzusida Ertaklar yaxshilikka yetaklar yo’nalishi bo’yicha shahrimizning 112-MTM 1-maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining o’rtasida sayyor tadbir o’tkazildi. Sayyor tadbir davomida bolajonlar bilan birgalikda she’rxonlik kechasi uyushtirilib, kitob targ’iboti tashkil etildi. Shuningdek tadbir so’nggida qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.

Sayyora Rashidova

Sayyora Sharafovna Rashidova 1943-yil 2-avgustda OʻzSSR Jizzax shahrida Oʻzbekistonning atoqli davlat arbobi va yozuvchisi Sharof Rashidov oilasida tugʻilgan. 1960-yilda Toshkent shahridagi 43-sonli oʻrta maktabni tugatgach, Moskva davlat universitetining kimyo fakultetiga oʻqishga kirdi. Universitetni tamomlagach, SSR Fanlar akademiyasi A. V. Topchiyev nomidagi Neft-kimyo sintezi institutida ilmiy stajyor lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Kimyo institutining kunduzgi…

“Qalblarga muhrlangan siymo” kvest o’yini

A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlar o’rtasida taniqli qirg’iz yozuvchisi, buyuk adabiyotshunos Chingiz Aytmatov tavvalludining 95 yilligiga bag’ishlangan “Qalblarga muhrlangan siymo” nomli kvest o’yini o’tkazildi. Bunda ikki jamoa Everest va Progress jamoalari adibning hayoti va ijodi, asarlari yuzasidan berilgan savollarga javob berib bellashdilar. Bellashuv natijasiga ko’ra Progress jamoasi g’olib bo’ldi.

OAVda chiqishlar

“Zarafshon” gazetasining 2023-yil 8-dekabr sonida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodim N.Mirzayevaning “Urushlar – insoniyat tarixidagi qora dog‘lar” nomli maqolasini mutolaa qiling.