A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlar o’rtasida taniqli qirg’iz yozuvchisi, buyuk adabiyotshunos Chingiz Aytmatov tavvalludining 95 yilligiga bag’ishlangan “Qalblarga muhrlangan siymo” nomli kvest o’yini o’tkazildi. Bunda ikki jamoa Everest va Progress jamoalari adibning hayoti va ijodi, asarlari yuzasidan berilgan savollarga javob berib bellashdilar. Bellashuv natijasiga ko’ra Progress jamoasi g’olib bo’ldi.