Amaliy yordam

Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali kutubxonasi mutaxassisi A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida axborot- kutubxona hujjatlarini jamlash bo’limining ish faoliyatini o’rganib, bo’limda yuritaliyotgan hujjatlari bilan hamda kutubxona fondini jamlab hisobga olish kitobi va axborot-kutubxona inventar kitobini yurgizish ishlari bo’yicha amaliy yordam ko’rsatildi.

Infografika

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining umumiy o’quv zali hamda abonement sektorining 2024-yil yanvar oyi faoliyati infografikada

“Zahiriddin Muhammad Bobur izidan” tanlovining okrug bosqichini g‘oliblari aniqlandi.

Markaziy harbiy okrugning Ma’naviyat va marifat markazida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilarni jahon tarixida o’chmas iz qoldirgan betakror siymo, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi, milliy madaniyatimiz va xalqimizning adabiy-estetik tafakkuri shakllanishi hamda ilmi-fani va davlatchiligi tarixini o’rganishga yo’naltirilgan “Zahiriddin Muhammad Bobur…

Qiziqarli kutubxonada

📃A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Samarqand tuman ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Ayni_paytda 

Kitobga mehr qoʻygan insonda kitobxonlik madaniyati erta shakllanib, nutqi ravonlashadi, dunyoqarashi kengayadi. Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng, maʼrifatli kishilar jamiyatning chinakam boyligidir. Mutolaaga va kitobga boʻlgan qiziqishni kuchaytirishda kutubxonachilarning ham oʻrni bordir. Ayni paytda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi o’quv zallari qizg’in ish jarayonida.

Ko’chma kutubxona

Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitob mutolaasi va “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini amalga oshirish bo’yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi doirasidagi navbatdagi ko’chma kutubxona Samarqand shahar 47-umumta’lim maktabida tashkil etildi.