Kitobga mehr qoʻygan insonda kitobxonlik madaniyati erta shakllanib, nutqi ravonlashadi, dunyoqarashi kengayadi. Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng, maʼrifatli kishilar jamiyatning chinakam boyligidir. Mutolaaga va kitobga boʻlgan qiziqishni kuchaytirishda kutubxonachilarning ham oʻrni bordir.

Ayni paytda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi o’quv zallari qizg’in ish jarayonida.