intellektual ring

⚡️A. S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida AKM xodimlarini intellektual salohiyatini oshirish, xotirasini mustahkamlash, bilim saviyasini yuqori pog’onalarga olib chiqish, turli sohadagi bilimlarini sinab ko’rish, aqliy mehnat qobilyatidan unumli foydalanish, nutqiy madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Komillik sari…” nomli AKM xodimlari o’rtasida 6 bosqichdan iborat intellektual ring o’yini bo’lib o’tdi.

Tabriknoma

VATANIMIZNING HAR KUNI NAVROʻZ BOʻLSIN! Qadrdon kitobsevarlar, sizlarni ona zaminimizning uyg‘onish, yangilanish va yasharish fasli bahor, mehr-muruvvat timsoli bo‘lmish Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.    Qalbimizdagi ezgu niyatlarimiz, cheksiz orzu-intilishlarimiz roʻyobga chiqsin! Bayramlar bayramlarga ulansin! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, osmonimiz hamisha musaffo boʻlsin!   Navroʻzi olam barchangizga muborak boʻlsin!      Hurmat bilan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi jamoasi

Qiziqarli kutubxonada

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot- kutubxona markazida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tizimidagi Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.🪪Ekskursiya davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi hamda kitobxonlarimiz safiga qo’shilishdi.

Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada rivojlantirish

Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitob mutolaasi va “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini amalga oshirish bo’yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi doirasidagi navbatdagi ko’chma kutubxona Samarqand shahar 8-Ixtisoslashtirilgan Davlat Umumta’lim maktabida tashkillashtirildi, hamda o’quvchilarga viloyat kutubxonasi to’g’risida ma’lumot berilib, kitoblar targ’iboti o`tkazildi .

E’ L O N

21-mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Qaroriga asosan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi 20-mart kuni soat 19:00 gacha xizmat ko‘rsatadi,21, 22, 23, 24-mart kunlari foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi. Ma’muriyat