Bolalik – bu hayotning eng baxtli yillari. Shunday ekan bu damlarni unutilmas, go’zal qilish biz kattalarning vazifamizdir. A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot markazi xodimlari bolalarni ta’tilda vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Samarqand shahar 27- Maktabgacha Ta’lim Tashkilotining o’yin maydonchasida Moviy jomadon loyihasi asosida “Bolalarga mo’ljallangan kitob taqdimoti” deb nomlangan tadbir tashkil etishdi. Tadbir davomida, bolalar bilan rus xalq maqollari va topishmoqlar viktorinasi, oshpazlik mahorati, sport o’yinlari, sevimli badiiy asarlar qahramonlari haqida, o’yin tarzida o’tkazildi. Shuningdek, madaniy-ma’rifiy o’yinlar kitobxonlik madaniyatini oshirish to’g’risida suhbat o’tkazildi.