Bugun bosh vazir o’rinbosari Zulayho Mahkamovaning har oyning 17-sanasida kutubxonada “Kitobxon onalar kuni”ni o‘tkazish tashabbusiga binoan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda uy bekalari, mahallarning faol xotin-qizlari, buvijonlar, maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko’zlangan maqsad xotin-qizlar, ayniqsa uy bekalari orasida kitobxonlikni targ’ib qilish, kitobxon onalar sonini ko’paytirish orqali farzandlar tarbiyasini, maʻnaviyatini, madaniyatini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishdir.
Ma’rifiy tadbir O‘zbekiston Milliy kutubxonasi boshchiligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyat va tuman AKMlarida ZOOM platformasi orqali tashkil etildi.

Tadbir davomida Samarqand shahar “Baxtli hayot” MFY xotin-qizlar faoli Hoshimova Hayriniso O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarini taqdimot qildi.

Faol-qatnashgan ishtirokchilarga kutubxonaning tashakkurnomasi topshirildi.