14-yanvar Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Zakovat intellektual o’yini bo’lib o’tdi. Zakovat intellektual o’yinida Samarqand shahar 13060- harbiy qism harbiy xizmatchilari, AKM xodimlari hamda kitobxonlardan tashkil topgan 3 ta jamoa “Amir Temur” hayoti va faoliyatiga oid savollar bilan bellashishdi. Bellashuv natijalariga ko’ra I o’rinni kitobxonlar: II o’rinni AKM mutaxassislari: III o’rinni harbiylardan tashkil topgan jamoalar qo’lga kiritdi.