A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan viloyatdagi barcha shahar va tuman axborot-kutubxona markazlariga amaliy yordam ko’rsatish davom etmoqda.
Rejaga asosan,   A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Jomboy va Nurobod tuman TAKMlarining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida axborot-kutubxona markazlarining mavjud me’yoriy hujjatlari, metodik faoliyati, kadrlar salohiyati, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish darajasi o‘rganib chiqildi va kutubxona mutaxassislariga uslubiy-amaliy yordam va tavsiyalar berildi.