Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan Aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Jomboy tuman “Guliston” mahallasi qoshida elektron kutubxona tashkil etildi.
Ma’lumot o’rnida, Elektron kutubxonada viloyat AKM fondida mavjud 60 nomdagi badiiy va bolalar adabiyotlari joy olgan.