O’zbekiston Respublikasi bo’ylab bo’lib o’tayotgan atlas festivali A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ham “Oqila ayollar” harakati a’zolar hamda faol xotin-qizlar bilan birgalikda bo’lib o’tdi. Darhaqiqat, o‘zbek milliy matolari deganda ko‘z o‘ngimizda kamalak ranglarda tovlanuvchi atlasu adraslar namoyon bo‘ladi. Azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan ushbu go‘zal matolar milliy boyligimiz sanaladi. Unda xalqimizning uzoq hamda shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari, estetik dunyoqarashi, didi va o‘ziga xos xususiyatlari mujassam.
Bugungi festivalda ham shu to’g’risida so’z yuritilib, Atlasning tarixi haqida Tadbir qatnashchilari bilan fikr almashildi. Qolaversa tadbirni yanada qiziqarli tashkil etish maqsadida, kichik viktorina test sinovi tashkil etilib, tadbir qatnashchilari o’zlarining milliy matomiz haqidagi bilimlarini yana bir bora sinovdan o’tkazishdi.