🔰A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “QALB VA QALAM” hamda “MOTURIDNOMA” kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda O’zbekiton yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo’limi direktori, O’zbekiston Turon fanlar akademiyasi Samarqand mintaqaviy bo’linmasi rahbari, A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi direktori, Samarqand tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, “Gulobod tonggi” gazetasi ijodkorlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etishdi. Taqdimotda “MOTURIDNOMA” kitobining muallifi yozuvchi Ilhom Murodov hamda “Qalb va Qalam” kitobining muallifi Normurod Karimzoda ishtirok etib, kitoblarning yaratilish tarixi hamda mazmuni haqida tadbir qatnashchilariga so’zlab berdi.

Shuningdek, tadbir davomida 10-umumta’lim maktabi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar taqdimotga o’zgacha fayz bag’ishladi.