Xalqimizda shunday bir naql bor, o‘g‘il farzand o‘qisa, bir kishi o‘qigan bo‘ladi, qiz farzand o‘qisa, millat ilmli bo‘ladi. Bu so‘zlar ko‘p bora o‘z tastig‘ini topgan. Shu sababli dunyo hamjamiyatida gender tenglikni yaratish hamda ayollar nufuzini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

11-fevral “Ilm fan sohasidagi xotin-qizlar kuni”ga bag’ishlab, 6-11-fevral kunlari ilmiy- amaliy, ma’naviy- ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish haftaligi doirasida bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida amiyatdagi ayollarning o‘rni, ularni bilimli hamda ma’naviyatli qilib tarbiyalash hamda bu yo‘ldagi vazifalar hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega ayollar haqida “Ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Raxmonova: A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Zebiniso Shodiyeva, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professor, dotsent o‘qituvchilari: “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Muhayyo Abbasova: Samarqand shahar Oqila ayollar harakati rahbari Shoira Raximova hamda talaba qizlar hamda ZOOM platformasi orqali tuman(shahar) AKM xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida Ustozlarning bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘llari, ilmning inson hayotida o‘rni beqiyos ekanligi, qizlarni o‘qib hayotda o‘z yo‘llarini topishlari muhim vazifa ekanligi haqida batafsil so‘z yuritildi.