Bo’lajak biologlar kutubxonada

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Samarqand viloyat AKM faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand Davlat Universiteti Biologiya fakulteti talabalari Toshpo`latov Xabibullo boshchiligida tashrif buyurishdi. Tashkil etilgan ko’rgazmalar ularda katta taassurot qoldirdi, ilk marotaba kelganlar esa kitobxonlik biletiga ega bo’lishdi.

Kutubxonaga mahalla ziyolilari tashrifi

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida faol mahalla yiliga bag’ishlab “Ziyolilar mahallasi” dan A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga AKM faoliyati bilan tanishish maqsadida Go’ri Amir MFY va Chaqar MFY faollari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida AKM ning shart – sharoitlari,  kutubxonaning barcha bo’lim va sektorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Kutubxonada Yangi adabiyotlar sharhi

Joriy yilning  20 aprel  kuni A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Yangi adabiyotlar bo’yicha kitoblar sharhi bo’lib o’tdi. Ushbu sharhda Samarqand Davlat Universiteti Biologiya fakulteti 302, 304 guruh talabalari qatnashishdi.

“Moviy jamadon” loyihasi

“Kitobxonlik haftaligi” dasturidan o’rin olgan “Moviy jamadon” loyihasi doirasida Samarqand shahar 34- sonli MTM tarbiyalanuvchilari tashrif buyurishdi. Bolalar uchun qiziqarli bo’lgan adabiyotlar targ’iboti va qiziqarli o’yinlar AKM mutaxassislari tomonidan tashkil etildi.

Tanlovlar davom etmoqda…

Oila muqaddas dargoh. Oila jamiyatning bir bo`lagidir. Mustahkam oila – mustahkam jamiyatdir. AKMning faollar zalida 20-aprel kuni “Kitobsevar buvijon va bolajonlar”  mavzusida  Kitobxonlik haftaligi doirasida  navbatdagi ko`rik tanlov bo`lib o`tdi, tanlov shartlariga ko’ra ishtirokchilar 5ta shart bo’yicha o’zaro kuch sinashdi. Tomoshabinlarga,  jajji bolajonlar tomonidan sevgan ertaklari to’g’risida so’zlab berishi, buvijonlarning farzand tarbiyasi uchun qimmatli o’gitlari…

“Kutubxonaga tashrif”

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga “Kitobxonlik haftaligi” doirasida AKM faoliyati bilan tanishish maqsadida Samarqand Davlat Universiteti Biologiya fakulteti 302, 304 guruh talabalari Qo`chqorov Sherzod boshchiligida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida AKM ning barcha shart – sharoitlari,  kutubxonaning muzeyi va electron kutubxona bilan yaqindan tanishdilar.