Talabalarning kutubxonaga tashrifi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga “Kitobxonlik haftaligi” doirasida AKM faoliyati bilan tanishish maqsadida Samarqand Davlat Universiteti Biologiya fakulteti 306 guruh talabalari Qo’chqorov Sherzod boshchiligida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida AKM ning barcha shart – sharoitlari, kutubxonaning muzeyi va electron kutubxona, hamda san’at zali bilan yaqindan tanishdilar.

Men muvaffaqiyatli ayolman

Bugun “Kitobxonlik haftaligi” doirasida el nazariga tushgan, ishbilarmon, “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni sohibasi Sh. Hafizova bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda AKM mutaxassislari, kitobxonlar,SamDY va SamTU faol talabalari ishtirok etishdi. Sh.Hafizova erishgan yutuqlari haqida gapirib berdilar. Juda qiziqarli va savol javoblarga boy bo’lgan davra suhbati AKM tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg’alarini topshirish bilan yakunlandi.

Bebaho nodir nashrlarimiz

Haftalik doirasida Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Bebaho nodir nashrlarimiz” taqdimoti bo’lib o’tdi. Bosh mutaxassis Z.Latipova fondda saqlanayotgan bebaho va durdona nodir nashrlar, jumladan kutubxona tarixi 1896-1915 yilgacha bo’lgan “Туркестанские ведомости” gazetalari, eng eski adabiyotimiz 1785 yilda chop etilgan “Врачебного врачевательство” kitobi va boshqa qiziqarli ma’umotlarni qatnashchilarga taqdim etdi. Taqdimot yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob…

Mutolaa chegara bilmas

Haftalik doirasida nafaqat faol kitobxon va yoshlar jalb etilmoqda, balki faol mahalalar, turli millat madaniyat markazlari ham ishtiroki ta’minlanmoqda. Jumladan Nemis madaniyat markazi a’zolari joriy yilning 20-aprel’ kuni AKMda “Mutolaa chegara bilmas” shiori ostida tadbir o‘tkazdi. Unda nemis xalq milliy urf odati, ijodiyoti va san’ati bo‘yicha viktorina o‘yinlari va markazning ijodiy uyushmasi tomonidan badiiy chiqishlar…

Sayyor tadbir tashkil qilindi.

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish muammo va vazifalari Kitobxonlik haftaligi doirasida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, tizimni tubdan takomillashtirish  to’g’risidagi  qarori ijrosini ta’minlashga ko’maklashish maqsadida AKM mutaxassislari tomonidan 29080 harbiy qismga sayyor tadbir tashkil qilindi.

Bo’lajak biologlar kutubxonada

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Samarqand viloyat AKM faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand Davlat Universiteti Biologiya fakulteti talabalari Toshpo`latov Xabibullo boshchiligida tashrif buyurishdi. Tashkil etilgan ko’rgazmalar ularda katta taassurot qoldirdi, ilk marotaba kelganlar esa kitobxonlik biletiga ega bo’lishdi.