Oila muqaddas dargoh. Oila jamiyatning bir bo`lagidir. Mustahkam oila – mustahkam jamiyatdir. AKMning faollar zalida 20-aprel kuni “Kitobsevar buvijon va bolajonlar”  mavzusida  Kitobxonlik haftaligi doirasida  navbatdagi ko`rik tanlov bo`lib o`tdi, tanlov shartlariga ko’ra ishtirokchilar 5ta shart bo’yicha o’zaro kuch sinashdi. Tomoshabinlarga,  jajji bolajonlar tomonidan sevgan ertaklari to’g’risida so’zlab berishi, buvijonlarning farzand tarbiyasi uchun qimmatli o’gitlari iliq kutib olindi. Tanlovda ishtirok etganlar AKM tomonidan tashakkurnoma, qimmatbaho sovg`a va kitoblar bilan taqdirlanishdi.