Yangi 2024-yil bilan

Qadrli kitob ixlosmandlari, Assalomu alaykum! Sizlarni yangi 2024-yil bilan tabriklaymiz. Yurtimizning tinchligi, ozod va obod vatanimiz ravnaqi yo’lidagi mehnat faoliyatingizda hamda xayrli ishlaringizda omad va zafarlar yor bo‘lsin! Yangi yilda Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga to‘kin-sochinlik, fayzu baraka tilaymiz. Yangi yilingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi jamoasi!

Kitobxonlikni yuksaltirishdagi yana bir qadam

Toshkent shahrida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda “Фонд наследия русского зарубежья” notijorat tashkilot bilan kitobxonlikni yuksaltirish, kitob almashinuvini yo’lga qo’yish maqsadida shartnoma imzolandi.Shuningdek, tashkilot tomonidan viloyat axborot-kutubxona markaziga beg‘araz 300 nusxada kitoblar sovg‘a qilindi.

Yil sarhisobi_2023

Bugun A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida xodimlarning yil davomida ko’rsatgan faoliyati tanqidiy ruhda tahlil qilindi. Ilmiy metodika xizmati, Axborot- kutubxona fondlariga ishlov berish va kataloglashtirish xizmati, Yig’ma elektron sektori xodimlarining yillik qilgan ishlari sarhisob qilinib, kelgusi yilda bajarilishi kerak bo’lgan vazifalar belgilab olindi.

MEMORANDUM

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi va A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Memorandum doirasida huquqiy, ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarni tashkil etish, ommani ayniqsa, yoshlar ongu tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va ko‘chma kutubxonalar tashkil qilish, respublika,…

Ko’chma kutubxona

Aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi asosida joriy yilning 20-dekabr kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Samarqand shahar “Mironqul frukt inveat MCHJ”da ko’chma kutubxona tashkil etildi.

Ayni paytda

Ayni damda Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi “Samarqand”, “Adolat”, “O’zbekiston”, “Xorijiy adabiyotlar”,”Elektron kutubxona”, “Yoshlar” zalidan fotolavhalar