O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi va A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida huquqiy, ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarni tashkil etish, ommani ayniqsa, yoshlar ongu tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va ko‘chma kutubxonalar tashkil qilish, respublika, viloyat, tumanlar miqyosida nashr etilayotgan adabiyotlar bilan xabardor etish hamda yana ko‘plab istiqbolli rejalar xususida kelishib olindi.