Bugun A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida xodimlarning yil davomida ko’rsatgan faoliyati tanqidiy ruhda tahlil qilindi. Ilmiy metodika xizmati, Axborot- kutubxona fondlariga ishlov berish va kataloglashtirish xizmati, Yig’ma elektron sektori xodimlarining yillik qilgan ishlari sarhisob qilinib, kelgusi yilda bajarilishi kerak bo’lgan vazifalar belgilab olindi.