Ko‘chma kutubxona

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro‘yobga chiqarishning 224-,225-,227-bandlari bo‘yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi asosida kutubxona xodimlari tomonidan Samarqand tuman, 41-umumta’lim maktabida ko‘chma kutubxona tashkil qilindi.

Ayni paytda 

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ZOOM platformasi orqali tuman (shahar) AKM rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida ijro intizomi, yillik hisobotlarni o’z vaqtida topshirishlari borasida ko’rsatmalar berilmoqda. Shuningdek, 2024-yilgi rejalari to’g’risida tegishli topshiriq va takliflar berilayapti.

Maqsadimiz: bolalarning kitobga bo’lgan mehrini oshirish!

“Kitobim oftobim” A.S.Pushkin nomidagi axborot – kutubxona markazi Samarqand shahar 8-maktabi bilan hamkorlikda o’quvchilar o’rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan “Kitobim oftobim”, “Sexrli qalpoqchaning siri” mavzularida bolallar bilan suhbat olib borildi hamda bolajonlarga qiziqarli ertak o’qib berildi. Maqsadimiz Bolalarni kitob tarixi bilan tanishtirish, turli janrdagi kitoblar va turli mavzudagi ertak qahramonlari haqida tushuncha berish.…

“Zakovat” intellektual o‘yini

Bugun A.S.Pushkin nomidagi axborot – kutubxona markazi xodimlari o’rtasida mutaxassislarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

“Осень глазами поэтов” (Kuz shoirlar nigohida) deb nomlangan badiiy kecha bo’lib o’tdi

Kitobxonlikni keng ommalashtirish, o’quvchi-yoshlarni kitob mutolaasiga jalb qilish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 21-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Осень глазами поэтов” (Kuz shoirlar nigohida) nomli badiiy kecha bo’lib o’tdi. Tadbirda, maktab o’quvchilari “Oppog’oy va yetti gnom” Shekspirning “Hamlet”, Pushkinning “Baliqchi va baliq haqida ertak” lariga…

Seminar-trening

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi Yig’ma elektron katalog sektori tomonidan viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari uchun “YEK tizimida bibliografik yozuv yaratish” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.Seminar-trening davomida Yig’ma elektron katalog sektori mudiri Rahimova Gulbahor mavzu yuzasidan ma’ruza qilib, mashg’ulot o’tkazdi va Respublika Yig’ma elektron katalog markazi tomonidan tayyorlangan qo’llanmani taqdim etdi. Shuningdek, seminar-trening ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob…