Kitobxonlikni keng ommalashtirish, o’quvchi-yoshlarni kitob mutolaasiga jalb qilish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 21-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Осень глазами поэтов” (Kuz shoirlar nigohida) nomli badiiy kecha bo’lib o’tdi.

Tadbirda, maktab o’quvchilari “Oppog’oy va yetti gnom” Shekspirning “Hamlet”, Pushkinning “Baliqchi va baliq haqida ertak” lariga tayyorlagan ingliz hamda rus tilidagi sahna chiqishlari hamda ajoyib raqs guldastalari, vatanni madh etuvchi qo’shiqlari bilan tomoshabinlarni xushnud etishdi.