A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi Yig’ma elektron katalog sektori tomonidan viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari uchun “YEK tizimida bibliografik yozuv yaratish” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.
Seminar-trening davomida Yig’ma elektron katalog sektori mudiri Rahimova Gulbahor mavzu yuzasidan ma’ruza qilib, mashg’ulot o’tkazdi va Respublika Yig’ma elektron katalog markazi tomonidan tayyorlangan qo’llanmani taqdim etdi. Shuningdek, seminar-trening ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.