Bugun A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari http://victory.libfl.ru/home dastur orqali Rossiya Federatsiyasi chet tillar kutubxonasi hamkorligida “Kutubxonalar -g’alaba guvohlari”(Библиотеки-свидетели победы) loyihasi asosida ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabaning 75-yilligini munosib nishonlash mavzusida onlayn davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida A.S. Pushkin nomidagi AKM xodimlari Laptev Kirill, Latipova Zarina, Belyayev Vladimirlar ishtirok etishdi. Shuningdek, Ozarbayjon chet tillar kutubxonasi, Rossiya Federatsiyasi chet tillar kutubxonasi xodimlari tomonidan tayyorlangan multimedialar namoyish etildi. Shuni ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar xodimlarning fikr almashib, motivatsiya olishida muhim rol o’ynaydi.