Joriy yilning 23- avgust kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-markazi xodimlari Chingiz Axmarovning tavalludining 110-yilligi munosabati bilan Samarqand shahar SOS bolalar mahallasida yosh rassomlar tanlovini tashkil qilishdi. Tadbirda havaskor rassomlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbir davomida yirik mahobat uslubidagi rassom, portretchi-rassom, miniatyurachi-rassom, professor, yuzlab shogirdlar chiqargan ustozning hayoti, serqirra ijodi va o‘ziga xos iste’dodi haqida hamda uning o‘zbek rassomchiligida yaratgan “Ahmarov maktabi” haqida so‘z bordi. So‘zga chiqqanlar Chingiz Ahmarov ijodi namunalari hozirda ko‘plab me’moriy inshootlariga sayqal berib turgani va san’at shaydolarini hayratlantirib kelayotganini e’tirof etdilar.