A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida Paxtachi tumani 11-umumta’lim maktabi “Yosh ijodkorlar” jamoasining “Yangi O’zbekistonning mustaqil va baxtli farzandlari” nomli tadbiri bo’lib o’tmoqda. Tadbirda kutubxona xodimlari va kitobxonlar qatnashishdi. Tadbir davomida Yosh ijodkorlar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar, she’rlar hamda raqs guldastalari ijro etildi.