O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonun bilan tasdiqlangan hamda shu kundan e’tiboran mamlakatimiz hayotida 10-dekabr muhim sanalardan biri bo’lib hisoblanib kelinmoqda. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi mustaqillikka eʼtiqodni targ‘ib qiladi. Uning matni fuqarolarimizni mustaqil davlat qurish yo‘lida matonat va jasoratga, sabr-toqat va fidokorlikka, kurashga chaqiradi, milliy g‘ururni uyg‘otadi.

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot- kutubxona markazi xodimlari ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Samarqand shahar 13-060 harbiy qismda “Davlat madhiyasi yangragan mahal” mavzusida davra suhbati tashkil etishdi.