Joriy yilning 7-dekabr kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot- kutubxona markazida Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish asoslari, fuqarolarning huquq va burchlari sodda tilda chuqur sharhlash maqsadida “Konstitutsiya va ma’naviyat mushtarakligi” mavzusida Milliy gvardiya Samarqand viloyat qoriqlash boshqarmasi xodimlari hamda Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari bilan hamkorlikda davra suhbati otkazildi.