A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida O’zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti Xorijiy tillar va gumanitar fakulteti talabalari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli ekskursiya tashkil qilindi.

Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.