A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʻ siymolardan biri-Mir Alisher Navoiy xotirasiga bag’ishlab ko’rgazma tashkil etildi. Ma’lumot o’rnida, Alisher Navoiyni zamondoshlari “Nizomiddin Mir Alisher” deb ulugʻlaganlar. “Nizomiddin” – din nizomi deganidir. Koʻpincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan “mir” – amir demakdir.

Alisher Navoiy butun ijodi davomida turli janr va yoʻnalishlarda salmoqli ijod qilgan. Nasrda ham, nazmda ham yetuk asarlar yaratgan. Nasrda Navoiy asosan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy, iqtisodiy yoʻnalishlarda qalam tebratgan.