Kitob — insonning eng yaqin do’sti va maslahatchisi, aql qayrog’i va bilim manbaidir. Shunday ekan yoshlarimizni kitobga qiziqtirish lozim. Bu borada A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi hamda davlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda bir qancha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xuddi shunday, Joriy yilning 6-yanvar kuni Samarqand viloyat Ichki ishlar vazirligi akademik litseyi o’quvchilari kutubxonaga kelishdi.

Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.