20-noyabr soat 11:00 da A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan Jomboy tuman axborot-kutubxona markazida Abduvali Samimiyning “Dardlaring olay, dunyo” hamda “Zarradan viqorli tog’lar yaralgay” nomli asarlari taqdimoti o’tkaziladi. Hamkorlarimiz: Jomboy tuman axborot-kutubxona markazi, Samarqand viloyat Yozuvchilar Uyushmasi, Jomboy tuman 10-son bolalar musiqa va san’at maktabi. Ushbu kitob taqdimotiga barcha bilimga chanqoq yoshlarni chorlaymiz!