Ayni paytda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida  buyuk alloma va adiblarning boy ma’naviy merosini, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarning noyob asarlarini asrab-avaylash, ibratli hayoti va ijodiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish, yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborini yanada oshirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan zavqlarini kuchaytirish maqsadida kitobxonlar bilan “Kitob-ma‘naviyat poydevori” davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.